Biz sizga qo'ng'iroq qilib, xohishingizga munosib
sayohatni taklif qilamiz.
Biz siz uchun eng yaxshi turni bepul tanlab beramiz!
Another Travel sayyohlik agentligi,
bu sayohatga o’zgacha qarash va yondashish. Maqsadimiz, sizdan hayotingizning keyingi
sarguzashtlari uchun yana bir so'rovni qabul qilishdir. Mijozimizning "Yana bir sayohatni
tashkil qilib bering!" taklifini eshitish bizning ustuvor niyatimizdir.
Turfirmamiz barcha turdagi turizm va sayohat xizmatlarini taqdim etadi. Kompaniyamiz xorijiy
mamlakatlarga sayyohlarni jo‘natish va xorijiy sayyohlarni qabul qilish bilan shug‘ullanadi.
Shuningdek, biz butun dunyo bo'ylab aviachiptalar va mehmonxonalarni bron qilish va harid
qilish, viza hujjatlarini tayyorlashda ko’maklashish va hokazo xizmatlarini taqdim etamiz.
Bundan tashqari, gid-tarjimonlar, transport xizmatlari, ichki turizmni tashkillashtirish va
boshqalar. MICE turizmi. Tibbiy turizm xizmatlari, xususan, Xitoyning Yuncheng, Huizhou,
Neurolife klinikasida miya falajini samarali davolash bo’yicha ham hamkorlikka tayyormiz. Kichik
Haj – Umra ziyoratini tashkil etish.
Bizning jamoa ko'p sohalarda tajribaga ega. Hammamiz o’ziga yarasha malakali sayohatchi,
desak, mubolag’a bo’lmaydi. Doim yangi yorqin sarguzashtlarni qidiramiz, izlanamiz, shu sabab,
turizm biz uchun ish emas, balki haqiqiy hayotdir.
Darhaqiqat, turizmdagi ish jamoamizning har bir a'zosini o'ziga tortib kelardi. Bolalik va
o’smirlik davridan buyon do’stlashib kelayapmiz. Yillar davomida turli sohalarda, kasblarda,
sarson-sargardonlik, foydali sargardonlikdan so'ng!, biz nihoyat birlashishga qaror qildik.
Shunday qilib, “Another Travel” sayyohlik agentligi shijoatli, ezgu ma’nodagi aqldan ozgan,
vatanparvar, o‘z kasbini chin dildan sevuvchi insonlarni birlashtirdi. Axloq va hurmat, mafkura
va ijod, fikr erkinligi do‘stona jamoaning asosiy mezonidir.
mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmati
Erta bron qilish uchun chegirmalar
o'zlari sinagan mehmonxonalarni tavsiya qiladilar
Bizda sayohatlar uchun eng yaxshi narxlar mavjud va yo'nalishlarning katta tanlovi hatto eng qiziquvchan sayyohni ham befarq qoldirmaydi.
Bizning sayyohlik agentligimiz sayohatni tashkil
etish vazifasiga katta mas'uliyat bilan yondashadi.
Biz yillar davomida o'zlarining professionalligini
isbotlagan eng yaxshi turoperatorlar bilan ishlaymiz.
Barcha xodimlar muntazam ravishda seminarlar va
professional turistik ko'rgazmalarda qatnashadilar.
Biz eng yaxshi turoperatorlar bilan ishlaymiz
Sayohat tanlovi uchun so’rov yuborasiz hamda 30 daqiqa ichida javob olasiz.
Mutaxassislar aynan sizga mos eng yaxshi turlarni tanlaydilar
Siz o'zingiz uchun eng mos va qulay turni tanlaysiz.
Shayxontoxur tumani, Zulfiyaxonim ko‘chasi
Toshkent,
O'ZBEKISTON